Iltimos, Yuklashni Kuting

O‘zbekiston fuqarolari 2024-yilda Shengen vizasi uchun 58,6 mingta ariza topshirgan - Weconsult Visa

O‘zbekiston fuqarolari 2024-yilda Shengen vizasi uchun 58,6 mingta ariza topshirgan

Yanvar 1, 2023 admin 0 Comments

Bu miqdor 2023-yilga solishtirganda, 26,2 foizga oshgan (https://schengenvisainfo.com/statistics/uzbekistan/). Mamlakatimiz o‘tgan yili Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni bo‘yicha dunyoda 35-o‘rinni egallagan.

Eng ko‘p viza uchun ariza topshirilgan mamlakat 🇩🇪Germaniya bo‘lgan — 19,3 mingta. 🇨🇭Shveytsariyaga esa, aksincha, bitta ham ariza yuborilmagan.

❌ Shengen mamlakatlari o‘zbekistonliklarning 9 ming 250 ta arizasini rad qilgan (15,7 foiz). Eng yuqori rad qilish ko‘rsatkichi 🇵🇱Polshaga tegishli. Ushbu mamlakat yuborilgan arizalarning har uchtasidan biriga (32,8 foiz) rad javobini bergan.

🇧🇬 Bolgariya esa 2024-yilda Shengen vizasini eng oson olish mumkin bo‘lgan davlat bo‘lgan (133,4 foiz).

💰 Umuman olganda, o‘tgan yilda o‘zbekistonliklarga 51,6 mingta Shengen vizasi berilgan. Buning uchun fuqarolarimiz 4,6 mln yevro sarflagan. Rad etilgan arizalarda esa 740 ming yevro yo‘qotilgan.

📉 Viza uchun arizalarning rad etilish ko‘rsatkichi 2023-yildagi 16,5 foizdan, 2024-yilda 15,7 foizga tushgan.

leave a comment